Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Ma'lumki, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug'ullanishga jalb qilish, sport turlarini yoshlar o‘rtasida ommalashtirish, iqtidorlilarni aniqlash, uyushmagan yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni, shuningdek sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish maqsadida sportning mini-futbol va futbol hamda shaxmat turlaridan "Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi" o‘tkazilmoqda.
Shahrimizdagi 2-sonli umumta'lim maktabida bo'lib o'tgan tadbirda shahar sektor rahbarlari, DXX Zarafshon shahar bo‘limi rahbariyati va mas'ul xodimlari hamda mutasaddilar, mahallalardan kelgan musobaqa qatnashchilari ishtirok etishdi.
Musobaqalar avvalida shahar hokimi Nazirbek Rahmonov so'zga chiqib, ushbu tadbirlardan ko‘zlangan maqsad haqida to‘xtalib, barcha jamoalarga g‘oliblik nasib qilishini tiladi.

Кўрилганлар сони: 932