22.09.2023 16:10:47

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar hamda quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
I o‘rin - 12 mln. so‘m;
II o‘rin - 8 mln. so‘m;
III o‘rin - 5 mln. so‘m.
Tanlovda viloyatimiz sha'nini himoya qilgan Qiziltepa tumanidagi 17-davlat MTT tarbiyachisi Azimova Gulmira "Eng yaxshi eko targ'ibotchi tarbiyachi" yo'nalishi bo'yicha 2-o'rinni egalladi.
Nurota tumanidagi 13-davlat MTT metodisti Karimova Umida "Eng yaxshi metodist", Uchquduq tumanidagi 2-davlat MTT tarbiyachisi G'aniyeva Dilrabo "Eng yaxshi Ixtirochi ijodkor tarbiyachi" yo'nalishlarida 3-o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

Тендер савдолари
Тендерлар ва танловлар
Барча юридик ва жисмоний шахслар, чет эл инвесторлари диккатига!!!
Ижарага бериладиган объектлар
Навоий вилоят Ҳудудий танлов комиссияси танлов эълон қилади!
ҳокимлик билан Боғланиш
Тел.: 8 (436) 229-6206
info@navoi.uz
Ўзбекистон Республикаси,
Навоий вилояти, Навоий ш.,
Халқлар Дўстлиги кўчаси, 77а