Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

“Har bir kun bu imkoniyat, har bir kun bu kelajak uchun poydevor” shiori ostida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gֲ‘oyalarini qo‘llab quvvatlash maqsadida ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda 15 nafar ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari ishtirok etdi. Hakamlar hay’ati a’zolarining xulosasiga ko‘ra, Zarafshon shahar 3-maktabning ona tili o‘qituvchisi Jo‘rayeva Xolida, Tomdi tumani 9-maktabi o‘zbek tili o‘qituvchisi Kanatbayeva Akmerey faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

Tanlovda yo‘nalishlar bo‘yicha 1-,2-,3-o‘rinlarni egallagan 6 nafar o‘qituvchilarga qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar topshirildi.

Кўрилганлар сони: 459