Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Ayni kunlarda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi Xomrabot mahallasida "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili asosida keng ko‘lamdagi obodonchilik va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun ushbu mahallada Prezident Administratsiyasi, viloyat prokuraturasi vakillari, viloyat va tuman hokimining o‘rinbosarlari mas’ul tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashib, o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Shundan so‘ng vakillar mas’ullar bilan mahallaning ko‘chalarida bo‘lib, amalga oshirilgan ishlarning sifatini ko‘zdan kechirishdi, aholining muammo va takliflarini tinglashdi va tegishli mas’ullarga ularni hal etish bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berishdi.

Кўрилганлар сони: 633