Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Xabaringiz bor, ayni paytda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi "Xomrabot" mahallasida "Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla" tamoyili asosida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, hududda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalri, targ‘ibot tadbirlari ham muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun ushbu mahallaning markaziy ko‘chasi 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholisi bilan limmo-lim bo‘ldi. Chunki ushbu ko‘cha bo‘ylab "Sport va sog‘lig‘imga befarq emasman!" shiori ostida velomarafon va 5000 qadam yurish tadbirlari o‘tkazildi.

Sport tadbirida tuman hokimining o‘rinbosarlari O‘. Istamov va Z. Rashidova so‘zga chiqib, barchaga xush kayfiyat tilashdi hamda yurish va velosiped boshqarishning inson tanasi uchun foydali tomonlari haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Shundan so‘ng avval velosipedchilar keyin esa piyoda yuruvchilar markaziy ko‘cha bo‘ylab harakatlanishdi.

Кўрилганлар сони: 564