Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga (https://lex.uz/uz/docs/6250699) asosan Xatirchi tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari doirasida ichki yo‘llar holatini yaxshilash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, tumanning "Mustaqillik", "Fidokor", "Mirishkor" hamda "Jaloyir" mahallalarining ichki yo‘llarini shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov boshchiligida sektor rahbarlari amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni tashkil etish bo‘yicha mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Jarayonda ularga qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.

Ta’kidlash joizki, bu hududdagi bunyodkorlik yumushlari mahalla ahlining quvonchiga quvonch qo‘shmoqda.

Кўрилганлар сони: 1073