Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Viloyat hokimi Normat Tursunov tashrif davomida shahardagi ixtisoslashtirilgan maktab internati qurilish jarayonlarini borib ko‘rdi.

Shuningdek, “Modern triding servis” MCHJ tomonidan qurilayotgan “Zarafshan city mall” savdo markazi hamda “Zarafshon Grand servis” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan savdo majmuasi va mehmonxona loyihalari qurilishi bilan tanishdi.

Bundan tashqari, “Two gold” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan milliy taomlar hamda ko‘ngilochar xizmatlar markazi loyihasini ham ko‘zdan kechirdi.

Normat Tursunov qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishar ekan, ushbu obyektlarni sifatli, yozda salqin, qishda issiqlikni ta’minlovchi, zamonaviy qurilish materiallaridan keng foydalangan holda barpo etilishi lozimligini ta’kidladi.

Кўрилганлар сони: 552