Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Xatirchi tumanining Damariq MFY sobiq qishloq xo‘jaligi kimyo hududidan aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli turar-joy binolarining bosh reja taklifi bilan tanishdi.

Shuningdek, "Yangirabot" shahriga kirib kelishdagi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i va uning atrofida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirib, mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi Xatirchi Markaziy bozorida bo‘lib, sotuvchi va xaridorlar bilan suhbatlashdi. Ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, tadbirkorlar va fuqarolarga qulaylik yaratish bo‘yicha fikr almashildi.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxini sun’iy oshirilishini oldini olish bo‘yicha mutasaddilarga qat’iy topshiriqlar berildi.

Кўрилганлар сони: 1184