Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Viloyat hokimi Normat Tursunov Qiziltepa tumaniga tashrifi jarayonida "Rabot" mahallasi binosida Zarmetan hududidagi bir guruh aholi bilan uchrashib, sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul avvalida viloyat rahbari so‘nggi yillarda mamlakatimizda, xususan viloyatimiz va Qiziltepa tumanida amalga oshirilgan ishlar, jumladan aynan Rabot mahallasidagi o‘zgarishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng birin-ketin aholining muammo va takliflari tinglandi.

Qabul davomida aholidan turli yo‘nalishlarda 20 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Ularning aksariyati joyida bartaraf etildi. O‘rganish talab etilgan murojaatlar esa nazoratga olinib, tegishli mas’ullarga ularni o‘rganib, hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Кўрилганлар сони: 612