Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Viloyat rahbari Normat Tursunov Xatirchi tumaniga tashrifi davomida bir guruh tadbirkorlar faoliyati bilan ham tanishdi.

Xususan, "Global Foods 2020" MCHJ rahbari bilan suhbat davomida tadbirkorning qiymati 2 mlrd. so‘m bo‘lgan issiqxonaga sovutish tizimini tatbiq qilish bo‘yicha murojaati ijobiy hal etilishini o'z nazoratiga oldi.

Shuningdek, viloyat rahbari tadbirkorlar bilan kechgan muloqotida "Chinibod TRANS 777" korxonasi rahbari H. Sattorovga yangidan bunyod etilgan bolalar bog‘chasini jihozlashi uchun 600 mln. so‘m mablag‘ ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini bildirdi.
"Farhod Farrux porlog‘i" xususiy korxonasi rahbari F. Qurbonovning deyarli 1 oydan buyon tuman Davlat o‘rmon xo‘jaligidan 50 gektar yer maydoni ajratilishi bo‘yicha murojaati shu yerning o‘zida hal etildi.
Bundan tashqari, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarning ijobiy hal etilish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Кўрилганлар сони: 571