Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Navbahor tumaniga tashrif buyurdi.
Dastlab tuman paxta tozalash zavodi hududida aralash tola ishlab chiqarish zavodini qurilish loyihalari bilan tanishilib, qurilish  ishlarini ko'zdan kechirildi hamda qo'shimcha ish o'rinlari yaratish borasida tavsiyalar berildi. 
Keyingi manzil "Qorajon" mahallasi hududida joylashgan "Vek ingineering"ga qarashli sanoat ishlab chiqarish zavodi bo‘ldi. Jarayonda Germaniya davlati bilan hamkorlikda zavodlarda foydalaniladigan uskunalarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ushbu zavod ishga tushirilishi bilan bir qancha mahalliy aholi ishsizlar ish bilan ta'minlanishi va tumanda investitsiya sohasi yanada rivojlanishi to'g'risida ham fikrlar almashildi.
Shuningdek, viloyat hokimi "Navbahor tomorqa xizmati klasteri" MCHJ negizida tashkil etiladigan tomorqachilik klasteri loyihasi" bilan ham tanishdi. Ushbu klasterda parrandachilik, chorvachilik, asalarichilik, ishlari yo'lga qo'yilib, tuxum, mol go'shti, tovuq go'shti va boshqa mahsulotlar bo'yicha loyihalar amalga oshiriladi. Bugungi kunda bu yerda eng so'nggi qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Songi manzil "Koʻhron" mahallasida joylashgan chinni ishlab chiqarish sexi bo'ldi. Ushbu oilaviy korxonada choynak, piyola, roʻzgʻorda foydalaniladigan turli xil idishlarga bezak berish ishlari amalga oshiriladi. 25 nafardan ortiq xotin-qizlarni ish bilan band qilgan. Mahsulotlariga talab juda yuqori, nafaqat ichki bozorda, balki, chet davlatlarga ham eksport qilish rejalashtirilgan ushbu korxonani kengaytirish yana ishchi oʻrinlarini yaratish boʻyicha viloyat hokimi tuman mutasaddilariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Кўрилганлар сони: 718