Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Viloyat hokimi Normat Tursunov Navoiy shahrida joylashgan "Ishga marhamat" monomarkazida bo‘lib, bu yerda tashkil qilingan kurslar bilan tanishdi.
Tashrif doirasida har bir yo‘nalishning amaliy va nazariy dars jarayonlari olib boriladigan xonalar ko‘zdan kechirilib, yaratilgan sharoitlar, jihozlar va texnikalar, tinglovchi va muhandis-ustalarning talab va takliflari bilan o‘rganildi.
Viloyat rahbari ushbu markazda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan 10 dan ortiq yangi yo‘nalishlar ochish hamda Qurilish sohasida oqsayotgan yo‘nalishlarga zamonaviy, jahon talablariga mos texnikalar olib kirish va hududiy yirik tashkilotlar bilan qolaversa xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, N.Tursunov ishlab chiqarishni kuchaytirish, kasblar bo‘yicha tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish borasida mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Кўрилганлар сони: 1164