Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Bugungi kunda yurtimizda mavjud muammolarni bartaraf etish, aholining turmush tarzini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar mahallalar kesimida hal qilinmoqda.

Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir deb sanalgan mahallalarni kompleks rivojlantirish maqsadida istiqbolli dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, bu borada Konimexda ham qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Konimex tumanida bo‘lib, "Sho‘rtepa" mahallasida joylashgan junni qayta ishlashga mo‘ljallangan "Obod Konimex Chashmalari” MCHJ hamda "Konimex Gips Xomashyo" korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, viloyat rahbari "Navro‘z" mahallasi "Yoshlik" ko‘chasida olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi va ko‘cha oqsoqollari bilan samimiy suhbatlashdi.

Viloyat rahbarining mahallalarga tashrifi davom etadi.

Кўрилганлар сони: 932