Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov Xatirchi tumanida bo‘lib, dastlab tuman hokimligida bundan bir hafta oldin hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish va ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanqidiy-tahliliy ruhdagi yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini muhokama qildi.

Xususan, o‘tgan yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan har bir masala ijrosi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi. Va har bir topshiriqlar ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga mas’uliyatni yanada oshirish yuzasidan jiddiy topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi tumanning “Uchqara” mahallasi aholisi bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarini hal etish maqsadida, tuman sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilot mas’ullari, mahalla "beshligi" ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida aholi tomonidan asosan ichimlik suvi bilan ta’minlash, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar, ichki yo‘llarga asfalt yotqizish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, davolanish uchun yo‘llanma ajratish kabi masalalar o‘rtaga tashlandi. Har bir murojaat viloyat rahbarining diqqat-e’tiborida bo‘ldi.

Kunning ikkinchi yarmida viloyat rahbari tuman markazidan 30 kilometr olisda joylashgan “Mirdosh" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tinglash maqsadida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Sayyor qabul davomida mahalla fuqarolari tomonidan ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l, ko‘chalarni tungi yoritish chiroqlari bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasasi bunyod etish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan murojaatlar qilindi.

Yuqoridagi sayyor qabullarda fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat viloyat hokimi tomonidan alohida nazoratga olinib, ularni o‘rganish va ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq va muddatli topshiriqlar berildi.

Viloyat hokimining navbatdagi manzili “Novja” mahallasida bo‘ldi. Xabaringiz bor, ayni kunlarda mazkur mahalla hududida "Obod ko‘cha", "Obod xonadon", "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonchilik ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari ushbu hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Xususan, yangidan bunyod etilayotgan mahalla binosini qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirib, ishlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Кўрилганлар сони: 780