Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Turkiyaning “Diaclinica” tibbiyot kompaniyasi rahbari Mehmed Emin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda viloyatda jahon standartlariga mos zamonaviy laboratoriya tashkil etish masalasi muhokama qilindi. O‘z navbatida viloyat rahbari bu borada har qancha ko‘mak va hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi. Muzokaralar chog‘ida sohaga Turkiya investisiyasini jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
“Diaclinica” o'z faoliyatini 2002-yilda boshlagan. 2007-yildan dunyo bo‘yicha "Bioanalytic" brendi ostida yuqori sifatli diagnostika reagentlari va to‘plamlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish borasida ham faoliyat olib boradi.
Quvonarlisi, kompaniya O‘zbekiston bo‘yicha o‘z filialini Navoiyda ochdi va markazlashgan laboratoriya tashkil etish uchun yuqori aniqlikdagi texnologiyalarni olib kirish ishlari boshlab yuborildi.

Кўрилганлар сони: 890