Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ
VILOYAT HOKIMI QIZILTEPADA

14.02.2023 10:03:13


Viloyat hokimi N. Tursunov hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar, bunyodkorlik ishlari va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qiziltepa tumanida bo‘ldi.

Tumanga tashrif jarayonida Malikobod mahallasida qad ko‘tarayotgan "Yangi O‘zbekiston" massividagi qurilish ishlari holati ko‘zdan kechirilib, shu yerning o‘zida Malikobod mahallasi beshligi bilan mahalladagi vaziyat bo‘yicha suhbatlashildi, tumanda, xususan Malikobod mahallasida ishga tushirilishi rejalashtirilgan "SVS Navoiy" MCHJ XK, kichik sanoat zonalari va boshqa bir qator ob’yektlarning taqdimoti bilan tanishildi.

Tashrif davomidagi navbatdagi manzil Gʻoyibon mahallasi bo‘lib, bu yerda ham mahalla beshligi bilan mahalladagi holat, aholi nima bilan bandligi, ijtimoiy ob’yektlar holati va boshqa masalalarda suhbatlashildi.

Shuningdek, viloyat hokimi Qiziltepadagi tashrifi jarayonida "Shodlik" va "Do‘stlik" bolalar dam olish oromgohlari holati hamda "Oq oltin mineral o‘g‘itlari" brendi ostida fosforit kukuni va superfosforit ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan "Qiziltepa fosforiti" MCHJ faoliyati bilan ham tanishdi.

Кўрилганлар сони: 918