Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov Navoiy shahridagi "Yoshlik" mahallasi hududida bunyod etilayotgan ko'p qavatli uylarning qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Viloyat rahbari ushbu manzilda amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishar ekan, olib borilayotgan ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakuniga yetkazish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berdi.

- Har bir qurilish jarayonida albatta texnika va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerak, har bir ish albatta sifatli bajarilishi lozim. Ertaga bu yerda fuqarolarimiz xavfsiz va farovon yashashlari uchun  bugun har bir qurilish tashkiloti ishiga mas'uliyat bilan yondashishi kerak,- dedi viloyat hokimi.

Кўрилганлар сони: 717