Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Viloyat hokimi N.Tursunov rahbarligidagi viloyat delegasiyasining Turkiyadagi tashrifi davom etmoqda.

Tashrif davomida delegasiya a’zolari yuqori sifatli va ekologik toza mebel ishlab chiqaruvchi ikki korxona faoliyati bilan tanishdilar.

Xususan, “GABBA” kompaniyasi 1990-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ushbu kompaniya o‘z mahsulotlarini 70 tadan ortiq mamlakatlarga eksport qiladi va korxonaning dunyo miqyosida 100 tadan ortiq davlatlarda savdo uylari va Turkiya davlatida esa 50 tadan ortiq shou-rumlari mavjud. 350 nafardan ortiq ishchi-xodimlar faoliyat yuritadi.

Shuningdek, delegasiya a’zolari 1988-yilda tashkil etilgan “iDOL” kompaniyasida ham bo‘lishdi. Korxona yarim asrlik sanoat tajribasiga ega. Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotning 70 foizi 60 ta davlatlarga eksport qilinadi. Ushbu kompaniyaning ham 100 tadan ortiq davlatlarda savdo uylari mavjud.

Кўрилганлар сони: 833