Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

2023/2024-o‘quv yili qabulini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti qabul komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni universitet rektori, komissiya raisi B.Mardonov olib bordi hamda komissiya tarkibining har bir a’zosi yuklatilgan vazifalarni talab darajasida bajarilishini ta’minlash, abituriyentlar haqida ma’lumotlar tayyorlash, jamlash va taqdim etishda xatolikka yo‘l qo‘ymaslik, tegishli savollarga tezkor javob berilishini ta’minlash uchun “Call center” faoliyatini samarali tashkil etish vazifalari muhokama qilindi.

Shuningdek, hujjatlar qabulida haqqoniylik va xolislikni ta’minlash, qabul komissiya ishiga ichkaridan va tashqaridan ta’sir ko‘rsatish hamda aralashuvlarni cheklash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Кўрилганлар сони: 760