Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

4-7 may kunlari Turkiyaning Istambul shahrida sportning AIKO Ashixara karate yo‘nalishida Yevroosiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti doktoranti, mazkur sport turi bilan uzoq yillardan buyon shug‘ullanib kelayotgan Feruz Pirnazarov ham qatnashdi.

Dastlab, vakilimiz ushbu sportning jahon tashkiloti — AIKO rahbari, 8-DAN qora belbog‘ sohibi Hanshi Dave Jonkers ishtirokidagi seminarda qatnashib, 2-DAN qora belbog' toifasi uchun imtihon topshirdi va muvaffaqiyatli o‘tdi. Shundan so‘ng, F.Pirnazarov kattalar o‘rtasidagi bahslarda qatnashib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Кўрилганлар сони: 943