Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi” katta majlislar zalida o'tgan muloqot avvalida Navoiy shahar hokimining birinchi o‘rinbosari O‘.Haqberdiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash ishlarini yangi pog‘onaga olib chiqish chora-tadbirlari” hamda “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil tushunchalar berildi.

Keyingi navbatda tegishli mas’ullar tomonidan soliq imtiyozlari, investitsiyaviy muhit haqida atroflicha tushuntirish berildi. Muloqot davomida tadbirkorlar o‘zlarining taklif va mulohazalarini, muammolarini bildirishdi.

Barcha takliflar, muammolar yozib olinib, ularni hayotga tadbiq etish va muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Кўрилганлар сони: 792