Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Navbatdagi oltmishinchi sessiya ishida hududdan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, deputatlar, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Navoiy viloyati sudlarining 2023-yil birinchi yarim yilligi mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan viloyat sudi raisi X.Qudratov va Ma’muriy sudi raisi A.Murodovlarning axboroti tinglandi.

Shuningdek, viloyat IIB boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Adizov joriy yilda viloyatda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi hamda deputatlarni hamkorlikka chorladi.

Bundan tashqari, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida viloyat hokimligi Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Q.Abduazizov ma’lumot berdi.

Sessiya so‘ngida kun tartibidagi 9 ta masalalar qizg‘in muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi..

Кўрилганлар сони: 931