Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

O‘zbekiton Respublikasi Prezidentining "Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi qaroriga asosan Xatirchi tumanida "Sahro baxshilari" musiqiy festivali bo'lib o‘tdi.

Tumanning "Oltinsoy" mahallasi hududida joylashgan Amirqul Po‘lkan shoir bog‘ida bo‘lib o‘tgan ushbu festivalda Respublikamizda faoliyat olib borayotgan baxshilar jumladan, Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi Baxshilik maktabi ijodiy jamoasi, taniqli Xalq baxshilari, Respublika baxshichilik markazi direktori U.Norboyev ishtirok etishdi.

Festivalda xalq dostonlaridan namunalar,  badihago‘ylik yo‘lida termalar, aytishuvlar ijro etildi. Ayniqsa, yosh baxshilarning chiqishlari yig‘ilganlarda katta qiziqish o‘yg‘otdi.

Festival ishtirokchilari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Кўрилганлар сони: 724