Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

03.03.2023 16:43:08


Navoiy shahridagi "Yoshlar markazi"da "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda kitobxon yoshlar va "Yosh kitobxon" tanlovining 10-14 yosh toifasida Respublika bosqichida faxrli 1-o'rinni egallab, "SPARK" avtomobili sohibasi bo'lgan Ibragimova Aziza Jondulla qizi ham qatnashdi.
Tadbirda Navoiy viloyati hokimligi kotibiyat mudiri A.Yorqulov va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig'i U.Bahromovlar so'zga chiqib, kitobxonlik istiqbolli va oydin yo'llarga chorlovchi mayoq vazifasini o'tashi haqida to'xtalishdi. Shundan so'ng A. Ibragimovaga viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg'asi topshirildi.

O'z navbatida, A.Ibragimova uchrashuvda ishtirok etgan yoshlarga davlatimiz rahbari tomonidan yaratilib berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerakligi va bu imkoniyatlar barcha uchun birdek ochiqligini takidlab, barchani tashkil etilayotgan tanlov va loyihalarda faol ishtirok etishga chorladi.

Кўрилганлар сони: 845