Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlarning taʼlim olishi bilan bir qatorda turli xil maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, viktorinalar, tanlovlar muntazam ravishda oʻtkazilib turadi. Shu jumladan, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan eʼlon qilingan “Teatr haftaligi“ doirasida institutda tahsil olayotgan talabalar oʻrtasida “Quvnoqlar va Zukkollar“ (QvZ) oʻyinlarining final bosqichi yuqori harorat, oʻzgacha shukuh va xushkayfiyat ila tashkil etildi.

Finalda Jismoniy madaniyat fakultetining “AziaStar“ jamoasi, Sanʼatshunoslik fakultetining “PedStar“ jamoasi, Fizika-texnologiyalari fakultetining “Diamond“ jamoasi, Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetining “Filolog bojalar“ jamoasi, Matematika-informatika fakultetining “Qalqon“ jamoasi, Rus va qozoq filologiyasi fakultetining “Respekt“ jamoasi 3 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Yakuniy natijalarga koʻra final oʻyinida Sanʼatshunoslik fakultetining “PedStar“ jamoasi gʻalaba qozonib, “Rektor kubogi“ga ega boʻldi. 2-oʻrinni Fizika-texnologiyalari fakultetining “Diamond“ jamoasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, 3-oʻrin Jismoniy madaniyat fakultetining “AziaStar“ jamoasiga nasib etdi. 

1-oʻrinni egallagan jamoa 8 mln soʻm, 2-oʻrinni olgan jamoa 6 mln soʻm, 3-oʻrin sohiblari esa 4 mln. soʻm pul mukofoti, shu bilan birga, jamoalarning har bir qatnashchisi 30 ta kitobdan iborat badiiy adabiyot toʻplami, Yoshlar ishlari agentligining simsiz quloqchinlari, diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi


Кўрилганлар сони: 790