Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ
QURILISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

05.07.2023 17:15:19


Viloyatimiz hududlarida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filialining elektr ta’minoti xodimlari tomonidan tizimli ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Xususan, Karmana tumanining “Navro’z” mahallasi ko’chalariga jami 283 ta temir-beton tayanchlari hamda 2 dona har xil quvvatdagi transformator punktlari o’rnatildi. Shuningdek, 11 kilometrdan ziyod zamonaviy SIP kabel tarmog’i tortildi.

Ayni damda esa qurilish brigadasi tomonidan “Navro’z” mahallasining “Orzu” ko’chasida aholi xonadonlarini yangi tarmoqqa ulash ishlari olib borilmoqda.

Кўрилганлар сони: 640