Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Bu yilgi birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari Qiziltepa ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari uchun o‘zgacha ahamiyat kasb etdi. Chunki, ular o‘quv yilini yangi qurilgan zamonaviy o‘quv binosida boshlashdi.

Tadbirda viloyat hokimi N. Tursunov so‘zga chiqib, barchani qo‘shaloq bayram va yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirilayotgani bilan tabrikladi.

Viloyat rahbari va nuroniylar ishtirokida ramziy lenta kesilib, maktabda yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi hamda o‘quvchilar bilan samimiy suhbat qilindi.

Ma’lumot uchun: Qiziltepa ixtisoslashtirilgan maktabida jami 10,5 mlrd. so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, yangi o‘quv yilida 306 nafar o‘quvchiga 41 nafar pedagoglar dars berishadi. Maktabning 2022/2023-o‘quv yilidagi bitiruvchilari OTMlarga o‘qishga qabul qilinish ko‘rsatkichi bo‘yicha tumanda 1-o‘rinni egallagan.

Кўрилганлар сони: 515