Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi, Qo‘yi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamkorligida Qiziltepa tumanida irrigatsiya sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan OAV vakillari uchun press-tur o‘tkazilmoqda.

Jurnalistlar press-tur davomida Kiziltepa tumanida faoliyat yuritayotgan "Amirbobo Yangi Zamini" fermer xo‘jaligining 15 gektar yer maydonida tashkil etilgan yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, OAV vakillari "Abumuslim" kanalida joylashgan "Nimkon" suv taqsimlash inshootida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi.

"Nimkon"  suv taqsimlash inshooti Qiziltepa tumanining 2360 gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini suv bilan ta’minlaydi. 

Press-tur yakunida jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etilib, boshqarma boshlig‘i tomonidan sohada amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berildi.

Кўрилганлар сони: 471