28.03.2023 09:31:01

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 5-Navoiy okrug komissiyasi o‘zining dastlabki yig‘ilishini o‘tkazdi.
Yig‘ilishni okrug komissiyasi raisi N.Tog‘ayeva ochib, kun tartibidagi barcha masalalar bilan tanishtirdi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 5-Navoiy okrug komissiyasining “Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ish va kalendar rejasi”, Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida okrug komissiyasi a’zolarining navbatchilik jadvalini tasdiqlash, 5-Navoiy okrug komissiyasi hududidagi uchastka Referendum komissiyalari tuzish, okrug komissiyasining ish hujjatlari nomenklaturasi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Shunungdek, 5-Navoiy okrug komissiyasi huzurida matbuot markazi tuzish to‘g‘risidagi masala ham okrug komissiyasi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilib, markaz rahbari va uning a’zolari tarkibi tasdiqlandi.

Тендер савдолари
Тендерлар ва танловлар
Барча юридик ва жисмоний шахслар, чет эл инвесторлари диккатига!!!
Ижарага бериладиган объектлар
Навоий вилоят Ҳудудий танлов комиссияси танлов эълон қилади!
ҳокимлик билан Боғланиш
Тел.: 8 (436) 229-6206
info@navoi.uz
Ўзбекистон Республикаси,
Навоий вилояти, Навоий ш.,
Халқлар Дўстлиги кўчаси, 77а