Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ
OFTOBJONDA MAVSUM BOSHLANDI

13.06.2023 14:42:57


So‘nggi ikki oy davomida olib borilgan ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlaridan so‘ng jannatmonand maskanga aylangan «Oftobjon» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi yoz mavsumining ilk smenasiga bolajonlarni qabul qilib oldi.

«Navoiyazot» AJ tasarrufidagi ushbu maskan har yili mingdan ortiq bolalarning yozgi ta’tili mazmunli o‘tishiga, ma’nan va jismonan sog‘lomlashishiga ko‘maklashadi. Joriy mavsum ilk smenasida oromgohga 320 nafar yoshlar joylashishdi. Dilbar Umarova rahbarligidagi 42 nafar pedagogik xodim, jumladan bosh tarbiyachi Amir Sharopov hamda bosh yetakchi Feruza Ismoilovalar boshchiligida tuzilgan tadbirlar rejasi mavsumni namunali o‘tkazishga mo‘ljallangan. «Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari» deb nomlangan smenada mittivoylarni turli mavzudagi ko‘ngilochar shoular, bilimlar bellashuvlari, musiqiy, hajviy, motivatsion kechalar, sport musobaqalari kutmoqda.

Кўрилганлар сони: 831