Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Viloyat hokimi N.Tursunov Xatirchi tumanida qishloq xo‘jaligi sohasidagi olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tumanda bu yil 269 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 9.5 ming gektarga paxta, 10 100 gektar maydonga g‘alla yetishtiriladi. Ayni kunlarda g‘alla maydonlarini oziqlantirish, sharbat usulida sug‘orish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimining dastlabki manzili "NORHOL ELLEKBOSHI" fermer xo‘jaligida tuman mutasaddidari, fermer xo‘jaligi mas’ullari bilan uchrashib, sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, dala chetlaridan samarali foydalanish orqali hududdagi ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha ularga ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

Viloyat hokimi ushbu fermer xo‘jaligidan 20 sotix yer olib, dehqonchilik bilan shug‘ullanayotgan U.Karimovning taklif va muammolarini tingladi.

Кўрилганлар сони: 854