Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Navbahor tumanidagi ijtimoiy soha ob’yektlari va tadbirkorlik sub’yektlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, “Barkamol avlod bolalar maktabi”da bo‘lgan viloyat rahbari ushbu muassasada olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirib, mas’ullarga qurilish sifatiga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini uqtirdi.

Shuningdek, bu yerda o‘quvchi yoshlarni to‘garaklarga va kasb o‘rganishga jalb etish, maktabdan tashqari ta’lim tizimiga e’tibor qaratish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish lozimligi yuzasidan mutasaddilarga o‘z tavsiyalarini berdi.

“Yoshlik” suzish havzasida bolalarga yaratilgan sharoitlar, tozalik, ozodalik, havzaning obodonchilik ishlari bilan tanisharkan, N. Tursunov bu yerdagi mavjud ta’mirtalab joylarni ta’mirlash bo‘yicha aniq muddatli chora-tadbirlarni belgiladi.

Shuningdek, viloyat rahbari tuman markazidagi “Xotira va qadrlash maydoni”da, tuman markazidagi Bobur shohko‘chasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

“Navkar” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi murojaatlarini tingladi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Keyingi manzil – Qorajon mahallasi hududidagi kichik sanoat zonasida joylashgan “Navbahor tomorqa xizmati klasteri” MCHJ negizida tashkil etiladigan tomorqachilik klasteri bo‘ldi.

Bu yerda qurilish ishlari yakuniga yetgach, parrandasilik, baliqchilik , jo‘ja yetishtirish, ixcham issiqxona faoliyatlari, uzumchilik, quyonchilik, kurka, asalari kabi loyihalar amalga oshiriladi.

Shuningdek, N. Tursunov ushbu hududdagi Italiya hamda Janubiy Koreya davlatlaridan olib kelingan eng so‘ngi rusumdagi uskunalar bilan jihozlangan “Paradise garden” meva sharbatlari va vino ishlab chiqarish zavodiga bo‘ldi.

Bugungi kunda bu yerda ishlab chiqarilayotgan vino va meva sharbatlari O‘zbekiston bozorlarida o‘zining xaridorlariga ega. Viloyat rahbari tadbirkor bilan suhbat jarayonida zavodni yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Кўрилганлар сони: 997