Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Ma’lumki, elektr energiyasini sotish va iste’molni to‘g‘ri hisobga olish, tarmoqlarga noqonuniy ulanish, talon-taroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish hamda oldini olish, iste’mol madaniyatini shakllantirish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali hamda huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida ko‘plab tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, soha xodimlari tomonidan hududlardagi iste’molchilarning elektr energiyasidan foydalanish holati yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida jami 870 ta iste’molchida “elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ni buzganlik holati, 18 ta iste’molchida hisobga olish tizimining nosozligi holati aniqlangan.

Misol uchun, “Qurg‘ontepa” MFYda yashovchi fuqaro Sh.Sh elektr hisoblagichini qasddan nosoz holatga keltirgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, fuqaro tomonidan 5 mln. 818 ming so‘m hisobga olinmagan elektr energiyasidan foydalanganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan filialga nisbatan tegishli tartibda qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi.

Shuningdek, Qiziltepa tumani “Gʻoyibon” mahallasida joylashgan “Maqsud agro firma” xususiy korxonasi ko‘zdan kechirilganda, yana bir noqonuniy holatga duch kelindi. Mayning qurilmalari o‘rnatilib, elektr hisoblagichga o‘zboshimchalik bilan ulanganligi ma’lum bo‘ldi. Natijada filialga 4 293 956 ming kVt ya’ni  9 milliard  661 million 402 ming 440 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Viloyatda o‘tkaziladigan tekshirishlarda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yish hamda to‘lov madaniyatiga amal qilishni, shuningdek, elektr eyergiyasidan noqonuniy foydalangan iste’molchilarga nisbatan jinoiy javobgarlik borligini eslatib qo‘yish maqsad qilingan. Bunga esa har birimiz amal qilmog‘imiz shart.

 

 

Кўрилганлар сони: 843