Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Bugun Navoiy viloyati hokimligida 20 avgust - Tadbirkorlar kuni munosabati bilan davlatimiz rahbarining tegishli farmoyishiga asosan «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan biznes vakillarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat rahbari Normat Tursunov ishtirok etib, yig‘ilganlarni bayram bilan qutladi. O‘z navbatida, ishtirokchilar tomonidan yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqotida ilgari surilgan tashabbuslar va biznes vakillari faoliyatini rivojlantirish uchun berilgan imkoniyatlar haqida to‘xtaldilar.

Shundan so‘ng yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi farovonligini yuksaltirish yo‘lida ibrat va namuna ko‘rsatayotgani uchun 2 nafar tadbirkorning davlat mukofotlari bilan taqdirlangani e’tirof etilib, soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan 7 nafar tadbirkorga «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni topshirildi.

Кўрилганлар сони: 666