Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Tashabbusli byudjet jarayonining 2023-yil 1-mavsumida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga jami 112,4 mlrd. so‘m mablag‘ shakllantirildi.

Joriy yilning 10-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

PQ-117 sonli qaroriga asosan Navoiy viloyatida 42 ta mahallalardagi  47,7 mlrd so‘mlik 57 ta loyihalarda fuqarolar tomonidan 2 mingdan ortiq ovoz to‘plangan loyihalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ushbu mablag‘lar uchun fuqarolar tomonidan 3 245 ta turli takliflar kelib tushdi. Ovoz berish jarayonlariga 565 mingga yaqin fuqarolar ishtirok etib, natijada 108,7 mlrd.so‘mlik 142 ta loyihalar g‘olib deb topildi. Jumladan;

- 71 ta loyiha 50,7 mlrd.so‘m ta’lim muassasalarini ta’mirlash va jihozlash;

- 9 ta loyiha 7,9 mlrd.so‘m ichki yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar yo‘laklar barpo etish;

- 9 ta loyiha 7,1 mlrd. so‘m maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish;

- 25 ta loyiha 23,9 mlrd. so‘m tibbiyot ob’yektlarini ta’mirlash va jihozlash;

- 28 ta loyiha 19,1 mlrd. so‘m ichimlik suvi bilan ta’minlash, obodonlashtirish, ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish kabi aholini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan muammolarini bartaraf etilishiga yo‘naltirildi.

Misol uchun, Karmana tumani "Arabxona" va "Pahlavon" MFY tashabbuskorlari tomonidan 2 ta ichki yo‘llarni asfaltlashtirish taklifi kelib tushgan. Qishloq aholisi ushbu muammoni ko‘tarib, 10 606 ta ovoz bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va 2,4 mlrd. so‘m yutib olishga erishdi.

Navoiy shahrida 2 000 dan ortiq ovoz to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritmagan 20 ta turli xil loyihaga 19,7 mlrd.so‘mlik mablag‘ ajratildi.

Кўрилганлар сони: 848