Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Bugun Navoiy shahridagi “Oqsaroy” tantanalar uyida Navoiy viloyati hokimligi tomonidan bahorning ilk bayrami – 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayolga ehtirom – xalqimizga xos olijanob qadriyat” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir avvalida viloyat rahbari Normat Tursunov so‘zga chiqib, viloyatning barcha go‘zalllik va nafosat olami sohibalarini bayram bilan qutladi.

- Jamiyat hayotining har sohasida xotin-qizlarimiz o‘rni, ularning faolligi ilg‘am qadamlar bilan yuksalib bormoqda, - dedi viloyat rahbari N. Tursunov. - Buning natijasi sifatida, bugungi zamon ayolining dunyoqarashi kechagidan tubdan farq qiladi, desam ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.

Bu borada viloyatda erishilgan natijalar ham, aytish mumkinki, faxrlanarlidir.

Xususan, so‘nggi olti yil davomida xotin-qizlarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni ta’lim sohasida 74,1 foizni, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 81,5 foizni, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasida 34,5 foizni, moliya va iqtisodiyot sohasida 40,9 foizni, sanoat va xizmatlar sohalarida 29,5 foizni tashkil etib, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va roli birgina o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,2 barobarga ortganini ko‘rsatmoqda.

Bu albatta, ularga ko‘rsatilayotgan mehr va g‘amxo‘rlikning pirovard natijasidir, desam xato bo‘lmaydi.

Qayd etish joizki, tadbirkorlik, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va bandlik sohalarida xotin-qizlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar samarasi o‘laroq, birgina 2022 yilning o‘zida qariyb 2 ming nafar xotin-qizlar o‘zining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi, ular tomonidan 5,5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi, 9 ming 193 nafar ayollar kasb-hunarga qayta tayyorlandi, 19 ming nafarining bandligi ta’minlandi, 600 nafardan ortiq ayollarning uy-joy ta’minoti bilan bog‘liq muammolari hal etildi.

Birgina “mahallada ijtimoiy xizmat moduli” asosida xotin-qizlar faollari tomonidan qisqa muddat ichida 8 mingtaga yaqin oilalarning ijtimoiy xizmatlar bilan bog‘liq muammolari aniqlandi va qariyb barchasi o‘z yechimini topdi.

Bu chora-tadbirlarda ayniqsa mahallalardagi “Oqila ayollar harakati” jamoatchilik tuzilmalarining roli katta ahamiyat kasb etyapti.

Ta’lim, tibbiyot, huquqiy sohalarda faoliyat yuritayotgan ziyoli, oqila ayollardan iborat guruhlarning joylarda amalga oshirayotgan islohotlari minglab ayollarning joniga oro kirib, muammolarning joyida yechim topishiga xizmat qilyapti.

Bundan tashqari, birgina “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 8 915 nafar ayollarga 263 milliard so‘m kredit ajratildi. Ehtiyojmand oilalardagi 1 944 nafar qizlar oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli 4 foizli kvota asosida o‘qishga qabul qilinishlari uchun tavsiyanomalar berildi, 150 nafar ehtiyojmand oilalar farzandlarining 1 milliard 70 million so‘mlik shartnomaviy to‘lovlari to‘lab berildi.

Bundan tashqari, 2022 yilda “Ayollar daftari”ning 3-bosqichi doirasida 5 995 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan.

1849 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 20 milliard 308 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan.

12 186 nafar xotin-qizlarga umumiy miqdori 31 milliard 860 million so‘m miqdorida moddiy yordamlar ajratilgan.

252 nafar uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolari hal etilgan. Ularning 193 nafariga 227 million so‘m miqdoridagi uy-joy ijara kompensasiyasi to‘lab berilgan bo‘lsa, 59 nafari uy-joy bilan ta’minlangan.

Tadbirda mahalla, o‘zi faoliyat yuritayotgan jamoa, tuman va shahar hamda viloyat va respublikada o‘zining salohiyati, ijtimoiy faolligi bilan namuna bo‘lgan, oilalarning mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, aholi salomatligini mustahkamlash, jamiyatda tibbiy madaniyatni yuksaltirish, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan viloyatning 15 nafar xotin-qizlariga “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni tantanali tarzda topshirildi.

Shuningdek, hududning o‘z sohalarida faol bo‘lgan 20 nafardan ziyod xotin-qizlari viloyat hokimligining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari bilan mukofotlandi.

Bayram oqshomida viloyat madaniyat boshqarmasi bajiiy jamolari tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi doirasida yangragan ayolni madh etuvchi ku-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga xush kayfiyat va zavq ulashdi.

 

Кўрилганлар сони: 1202