Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Bugun Navoiy shahridagi “Taraqqiyot” mahallasi hududida yangidan qad rostlagan 16 qavatli uylardagi 72 ta 2 va 3 xonali xonadonlarni harbiylar xizmatchilarga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul Qo‘shinlariga qarashli 7532-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilariga 20 ta va Xalqaro aeroportlarni qo‘riqlashga ixtisoslashgan 7259-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilariga 52 ta xonadonning kalitlarini topshirish tantanalarida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan qutladi.
Shundan so‘ng tantanali ravishda xonadonlar kalitlarini o‘z egalariga topshirish boshlandi.
Ramziy lenta qirqilganidan so‘ng viloyat sektor rahbarlari xonadonlarda bo‘lib, harbiylar oilalari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Кўрилганлар сони: 931