Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Ma'lumki, 2023/2024-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari 1-avgustdan boshlanib, 13-avgust kuniga qadar davom etishi belgilangan.

Bugun Navoiy shahridagi “Kimyogar o‘yingohida test sinovlarining 2-kuni bo’lib o’tmoqda. Ushbu imtihonlarda abituriyentlarning ota-onalari hamda yaqinlari uchun salqin joylar, farzandlarini imtihon jarayonida onlayn kuzatib borishlari uchun katta monitorlar o‘rnatilgan.

Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida volontyorlar abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun munosib xizmat qilmoqda. Yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar uchun ota-onalar minnatdorchilik izhor qilishdi.

Кўрилганлар сони: 635