Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Navoiy viloyatida tashkil etilgan “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi N.Tursunov ishtirok etib, ushbu yarmarka tog‘-kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, elektrotexnika, energetika va qurilish materiallari, shu bilan birga zargarlik buyumlari va hunarmandchilik sohalarida tarmoq-hududiy korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarni yanada mustahkamlash bilan birga kichik biznes sub’yektlari uchun ham katta imkoniyatlar yaratib berishini ta’kidladi.

Ushbu yarmarkada Navoiy viloyati, shuningdek respublikamizning boshqa viloyatlaridan tashrif buyurgan 200 dan ziyod sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zlarining 3 500 ga yaqin mahsulotlari namunalari, o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan import o‘rnini bosuvchi tovarlar, sanoat kooperatsiyasi orqali mahalliylashtirishga taklif qilinayotgan mahsulot turlari hamda loyihalari bilan qatnashmoqdalar.

Yarmarka 7-8-sentyabr kunlari davom etadi.

Кўрилганлар сони: 696