Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning tadbirkorlar bilan uchrashuvi, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, ish o‘rinlarini kengaytirish hamda yangi loyihalar bilan tanishish kunlik ish rejasiga kiritilgan.

Xususan viloyat rahbari “NAVOIY-ISHONCH-GILAMLARI” MCHJ QK tomonidan Navoiy shahrida 1,0 gektar yer maydonida qiymati 931 ming dollarlik metall konstruksiyalari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini borib ko‘rdi.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Bundan tashqari, korxona tomonidan qiymati 3,5 mln. dollarlik gilam ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi ham amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida qurilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Quvonarlisi shundaki, loyiha doirasida 80 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda korxonada yiliga o‘rtacha 1,7 mln. kv.m. zamonaviy gilam mahsulotlari ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Кўрилганлар сони: 1025