Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Xitoyda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan viloyat delegatsiyasi Fuszyan provinsiyasidagi “SEMS” kompaniyasida mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
O‘zaro muzokaralar chog‘ida Navoiy viloyatida poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi yuzasidan kelishuvga erishildi.
“SEMS” kompaniyasi 1991 yilda tashkil topgan bo‘lib, yiliga 200 mln. AQSH dollarilik poyabzal mahsulotlari ishlab chiqaradi va buning 60 foizini chet mamlakatlariga eksport qiladi. Ushbu kompaniya Fuszyan provinsiyasining top-100 kompaniyalar safiga kiradi.
Shundan, so‘ng delegasiya Putyan shahridagi tosh kesish uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha “Hualong” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.
1989 yilda tashkil topgan ushbu kompaniyada tog‘-kon mashinalari, burg‘ulash, tosh kesish va silliqlash uskunalari ishlab chiqariladi.

Кўрилганлар сони: 731