Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Navoiy viloyati delegatsiyasi bugun Fuszyan provinsiyasi Putian shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston-Xitoy savdo-iqtisodiy biznes-forumida ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo iqtisodiy aloqalar, Navoiy viloyatida xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, xususan, viloyatning investisiyaviy, sanoat, savdo-iqtisodiy va turizm salohiyatlari to‘g‘risida taqdimotlar namoyish etildi.
Forum doirasida Xitoy kompaniyalari vakillari bilan G2B va B2B formatida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Xususan, “Fu Jian Tiancheng Jinfa Investment” kompaniyasi bilan viloyatda charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish, qurilish toshlarini kesish va silliqlash uskunalarini ishlab chiqarish hamda granit mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihalarini yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Кўрилганлар сони: 913