Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Viloyat hokimi N.Tursunov rahbarligidagi viloyat delegatsiyasi Turkiyaga tashrifi (https://t.me/navoiuz_official/57447) doirasida Istanbul sanoat va erkin savdo zonasi (Desbash)da bo‘lib, bu yerda mavjud imkoniyatlar bilan tanishdilar.
1994-yilda tashkil etilgan Istanbul sanoat va erkin savdo zonasi Turkiyadagi xususiy sektor yerlarida tashkil etilgan birinchi erkin hudud hisoblanib, 90 milliard AQSH dollarilik umumiy savdo hajmi bilan erkin zonalar orasida birinchi o‘rinda turadi.
Ushbu zonada asosan quyosh energetikasi, avtomobilsozlik sanoati, dengiz transporti ehtiyot qismlari, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, to‘qimachilik, kosmetika kabi sohalarda korxonalar faoliyat yuritadi.
Delegatsiya a'zolari mazkur zonada infratuzilmaga ega yer maydonlari, binolar, ofislar va ochiq aksiyadorlik maydonlari bilan ham tanishdilar.
Viloyat delegasiyasining Turkiya ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Кўрилганлар сони: 900