Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Institutning faollar zalida “Oq yo‘l sizga, Аziz bitiruvchilar!“ nomli tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda NavDPI rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, bitiruvchi talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirni institut rektori Bahodir Sobirov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Yakunlangan o‘quv yilini sarhisob qilib, yoshlarimizning ko‘pgina yo‘nalishlarda o‘zlarining bor qobiliyat va intellektual salohiyatlarini namoyon etib, katta yutuqlarni qo‘lga kiritganliklarini mamnuniyat ila eʼtirof etdi.

Shundan so‘ng, 2022-2023-o‘quv yilining bir guruh bitiruvchi magistrlariga, bakalavriat bosqichini imtiyozli tugatgan talabalarga diplomlar tantanali topshirildi.

Bu yil institutni 422 nafar magistr va 3633 nafar bakalavr talabalari tamomladi.

Кўрилганлар сони: 635