Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Respublika boshqichidagi g‘olib va sovrindorlarga mahallalarda yangi sport inshootlari qurib berilmoqda.
Navbahor tumani "Sarbozor" va "Kelachi" MFY yoshlari “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichida voleybol sport turi bo'yicha faxrli 1-o'rin va tennis bo'yicha 2-o'rinni egallaganligi sababli, mahalla yoshlariga O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan qariyb 700 mln. so'mlik yangi "Uneversal sport" va "Workout" maydonchalari qurib, foydalanishga topshirildi.
Ushbu sport maydonlari «Yoshlar kuni»da faoliyat boshlagani mahalla yoshlariga kutilmagan katta sovg'a bo'ldi.
Tadbirda viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshlig'i O.Rahmonov, tuman hokimligi mas'ullari hamda mahalla nuroniylari va yoshlari ishtirok etdi.
Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatdan mahalla ahli minnatdorlik his etmoqda.

Кўрилганлар сони: 638