Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Navbahor tumanidagi tashrifi davomida “Burqut” mahallasi hududidagi 36-sonli maktab binosi yonida sport zal qurish uchun mahalla ahli, nuroniylar ishtirokida tamal toshini qo‘yib berdi.

Ushbu maktabda yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun sport zal bo‘lmagan. Mahalla ahlining taklif va istaklari inobatga olinib, ushbu amaliy ish boshlab yuborildi.

Viloyat rahbari har-bir mahalla aholisining takliflari o‘rganilishini ta’kidlab, nafaqat o‘quvchilar, balki aholi ham sport bilan shug‘ullanishi kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, qurilish ishlarini sifatli tashkil etish va o‘z muddatida topshirish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalarini berdi.

Кўрилганлар сони: 860