Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Bugun “Uchtut” mahalla fuqarolar yig‘inida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasida 65 ta korxona va tashkilotlar ishtirok etib, o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ish qidiruvchilarga batafsil ma’lumotlar berildi. Mehnat yarmarkasida fuqarolar to‘g‘ridan to‘g‘ri ish beruvchilar bilan muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.
Yarmarkada 21 nafar ishsiz fuqarolar hamshiralik, tashkilot xo‘jalik ishlariga, asalarichilik kabi o‘zlariga mos ish bilan ta’minlanib, doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘lishdi. Hunarmand qizlar esa tikuvchilik mashinkasini  olishga muvaffaq bo‘lishdi. Kasb-hunari bo‘lmagan xotin-qizlar kasbga qayta tayyorlovga tavsiya etildi.  
Kasb-kori bo‘lmagan 6 nafar yoshlar qurilish ishlari bo‘yicha monomarkazga o‘qishga yo‘llanmalar berildi.

Кўрилганлар сони: 879