Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Bugun Navbahor tumanining Yangiqo‘rg‘on hududida joylashgan "Newagrosistem" fermer xo‘jaligi dala maydonida takroriy ekinlar ekish hamda ehtiyojmand aholiga somon, don va yer tarqatish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov, tuman hokimi A.O‘roqov, viloyat mutasaddi tashkilot rahbarlari, sektor rahbarlari hamda qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda 1444 nafar ehtiyojmand oilalarga samon va don tarqatish ishlari amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu seminar doirasida g‘alladan bo‘shagan maydonlarda kungaboqar ekildi.

Bundan tashqari, 4255 nafar ehtiyojmand aholiga takroriy ekin ekish uchun o‘rtacha 50 sotixdan yer ajratish orqali ularning bandligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Кўрилганлар сони: 825