Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

“Navoiyuran” davlat korxonasi faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni kasb bayrami munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda tizimda fidokorona mehnat qilib kelayotgan jamoa mehnatkashlari, faxriylar hamda soha fidoyilari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida korxona bosh direktori J.Xasanov mehnat jamoasini bayram bilan tabriklab, ularga eng samimiy va ezgu tilaklarini bildirdi.

Shundan so‘ng, korxonadagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarilishiga qo‘shgan munosib hissasi, ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda sana munosabati bilan “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, “Navoiyuran faxriysi” unvoni va “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlandilar.

Tantanali tadbir davomida “Farhod” va “Yoshlik” madaniyat saroylari badiiy jamoalari hamda xonandalarining konsert dasturi namoyish etildi.

Кўрилганлар сони: 690