Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2023-2024-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida bugun Karmana tumani hokimi F.Umarov tegishli mas'ullar hamda tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda qaror ijrosini bajarish maqsadida Sardoba MFY hududidan mebelchilik mikromarkaz uchun 15 sotixlik 14 ta lotlar qo‘yilganligi, ushbu lotlarda faoliyat olib borish uchun barcha kommunikatsiya tarmoqlari bo‘yicha shart-sharoitlar yaratib berilishi va ushbu lotlar auksionga qo‘yilganligi bo‘yicha tuman rahbari hamda mutaxassislar tomonidan tushunchalar berildi. Shuningdek, mebelchilik mikromarkazini tashkil etish bo'yicha tadbirkorlar bilan fikr almashildi.

Кўрилганлар сони: 894